
Sofiya Kenin finaldagi raqibini kutmoqda
Meksikaning Akapulko shahrida o‘tayotgan "Mexicano Telcel presentado por HSBC" musobaqasida yarim final uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.
Sovrin jamg‘armasi 250,000 AQSh dollarini tashkil etuvchi mazkur turnirning yarim finalida Sofiya Kenin (AQSh) va Byanka Andreesku (Kanada) o‘zaro raqobatlashdi.
Mazkur bellashuvda Sofiya raqibini 6:4, 3:6, 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va final bahsida xitoylik Yafan Vanga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar